#Har_kuni_bir_sahifa ✍️ 0‘zbek xalq ertaklari 📗 “Botir echki” kitobini #Õqishni_tavsiya_qilamiz
Ushbu kitobda eng sara o‘zbek xalq ertaklari jamlangan bo‘lib, u kichik yoshdagi bolalarda ezgulik, halollik, mehr-muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi. Kitobda “Ur to‘qmoq”, “Susambil”, “Oltin tarvuz” kabi mashhur ertaklarni uchratishingiz mumkin. To‘plam 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan.
Aziz ota-onalar farzandingizni kichkinaligidan kitobga qiziqitirib olsangiz, bu ko’nikma butun hayoti davomida bolajon uchun juda manfaatli bo’ladi.
📗 Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'otgan bo’lsa,Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazidan mutolaa qiling.
✍️ Tayyorladi: #M_Mamatqulova