Har_kuni_bir_sahifa 🟢Kitob va telefon haqida hazil she'r
Har_kuni_bir_sahifa
🟢Kitob va telefon haqida hazil she'r
Bir kuni maqtanib qoldi Telefon:
– Odamlar qo‘lidan tushmayman zinxor,
Men go‘zal Samsungman, men o‘shal Ayfon,
Chunki mening ulug‘ Internetim bor.
Kitob javob berdi sokin va beg‘am:
– Mayli sen har qalbga ziyo solgansan.
Faqat haqiqatni tan olgin bolam,
Axir hammasini mendan olgansan.
© Xurshid Karim
