#Hashar_elga_yarashar
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi – avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Xususan, erta tongdan Sharof Rashidov tumanining barcha hududlarida mahallalar, ko‘chalar, xiyobonlar, tashkilot va muassasalar hududlarida obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in va ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Bo‘sh maydonlarga gul ko‘chatlari ekilmoqda, daraxtlarga shakl berilib, hududlar yanada fayzli va ozoda ko‘rinishga keltirilmoqda.
Ikki kun davom etadigan umumxalq hashari doirasida hududlarda obodonlashtirish, ko‘chalar va jamoat joylarini tartibga keltirish, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.