"Huquq nima uchun kerak" nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tumandagi 18-maktab o‘quvchilari bilan birgalikda "Huquq nima uchun kerak" nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga har bir bolaning o‘qish, dam olish, oilada yashash huquqi bor. Hech kim sizni haqorat qilishga, urishga yoki kamsitishga haqli emas. Bu ham sizning huquqlaringiz bilan bog‘liq. Shu bilan birga, har bir huquq yonida majburiyat ham bo‘ladi. Masalan, biz ta’lim olish huquqiga egamiz, lekin maktab qoidalariga rioya qilish, ustozlarni hurmat qilish bizning burchimiz ekanligi hamda Huquq odamlar o‘rtasida tenglikni ta’minlashi, adolatni saqlashi va jamiyatni tartibli qilishi aytib o‘tildi. Shuning uchun huquq — bu hayotimizdagi eng muhim tushunchalardan biri ekanligi tushuntirildi.