“Huquqiy bilim — jamiyat taraqqiyoti garovi” mavzusida huquqiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida fuqarolarning huquq va majburiyatlari, qonunlarga hurmat, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan suhbat olib borildi. Ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Davra suhbati samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, ishtirokchilarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
