"Ilmli ayollar-jamiyat ko'rki" nomli zakovat intelektual o'yini bo'lib o'tdi.
📚📚 Sharof Rashidov tumani Axborot kutubxona markazi va Ko'zi ojizlar kutubxonasi hamkorligida "Ilmli ayollar-jamiyat ko'rki" nomli zakovat intelektual o'yini bo'lib o'tdi.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi ayollar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, intellektual salohiyatni namoyon etish hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
✍️Zakovat o‘yinida ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linib, turli yo‘nalishlardagi qiziqarli va mantiqiy savollar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining zukkoligi, topqirligi, tezkor fikrlashi va jamoa bo‘lib ishlash mahoratini namoyish etdilar.
🥳Tadbir ko‘tarinki ruhda, qizg‘in bahs-munozaralar va samimiy muhitda o‘tdi. Yakunda faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.