📚⚖️ “Inson huquqlari” kitobi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
📚⚖️ “Inson huquqlari” kitobi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar kutubxonasida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o‘quvchilar ishtirokida “Inson huquqlari” kitobi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga insonning asosiy huquq va erkinliklari, burchlari, qonun oldida tengligi hamda har bir insonning huquqlarini bilishi va hurmat qilishi muhimligi haqida ma’lumotlar berildi.
Suhbat jarayonida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va o‘z huquq hamda majburiyatlarini anglashlariga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
⚖️ O‘z huquqini bilgan yosh — o‘z kelajagini himoya qila oladi!