#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat #Davra_suhbati
Joriy yilning 23-iyul kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazida "Inson huquqlari oliy qadriyat" loyihasi doirasida "Har bir insonning erkinlik va sha'nini himoya qilish huquqi bor."mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Davra suhbatida inson huquqlarining eng asosiy va muhim tamoyillaridan biri ekanligi to'grisida aytib o'tildi.Ushbu shiorning mazmuni shundan iboratki, har bir kishi o‘z sha’nini, qadrini, erkinligini buzilishidan himoya qilish huquqiga ega.Ya'ni, insonning o‘z fikrini erkin ifodalashi, tanlash, harakat qilish va yashashda erkin bo‘lishi kerak,shu bilan birga uning sha'niga, obruyiga hurmat ko‘rsatilishi lozim.Bu huquq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari deklaratsiyasida ham ta'kidlangan bo‘lib, har bir insonning o‘z sha'nini yoki qadrini yo‘qotmasdan, muhtaram va xavfsiz yashash imkoniyatiga ega bo‘lishini nazarda tutilgan deb aytib oʻtildi.Davra suhbatida kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javob oldilar .