“Islom Karimov – O‘zbekiston tarixidagi muhim siymo” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 2-sentabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi Sharof Rashidov tumani 13-maktab o'quvchilari bilan “Islom Karimov – O‘zbekiston tarixidagi muhim siymo” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida o‘quvchilarga Islom Karimovning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni va mamlakatimiz rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar o‘z fikrlarini bildirdilar va savollarga javob berdilar
Davra suhbatimiz o‘quvchilar uchun qiziqarli va ibratli bo‘ldi. Ular Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Suhbat yakunida bolalarda Vatanga mehr, yurtimiz tarixiga hurmat va kelajakda yaxshi inson bo‘lib, el-yurtga foydali bo‘lish istagi yanada kuchaydi.
