“Jadid adabiyoti durdonalaridan” turkumida Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi.
📚📚📚 Joriy yilning 17-avgust kuni Yoshlar kutubxonasida “Jadid adabiyoti durdonalaridan” turkumida Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behudiyning adabiy, ilmiy va ma’rifiy faoliyati haqida so‘z yuritildi. Uning xalqni ilm-ma’rifatga chorlagan ezgu g‘oyalari, milliy uyg‘onish va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari haqida fikr almashildi.
Ishtirokchilar Behbudiy merosining bugungi avlod uchun ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Taqdimot yoshlar qalbida tariximiz va jadid bobolarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirdi.
📖 Jadidlar merosi — milliy tafakkurimiz va ma’naviyatimizning bebaho xazinasi!
