“Jadidchilik harakati — milliy uyg‘onish asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.
Joriy yilning 21-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Yoshlar kutubxonasida faol kitobxonlar ishtirokida “Jadidchilik harakati — milliy uyg‘onish asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.Suhbat davomida jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda xalqimiz tarixidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fitrat va Cho‘lpon kabi jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va ijodi haqida ham fikr almashildi.
Suhbat ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish, tarixiy merosni o‘rganish hamda ma’naviy bilimlarni oshirishga xizmat qiladi.