"Jadidlar bizning ma'rifatparvar bobolarimiz" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 13-mart kuni Sharof Rashidov axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan jadid adabiyoti namoyandalari ijodiga bag‘ishlab "Jadidlar bizning ma'rifatparvar bobolarimiz" deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida o‘quvchilar va kitobxonlarga jadid bobolarimizning ma’rifat, ilm-fan va milliy uyg‘onish yo‘lida qilgan xizmatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Suhbat jarayonida Abdulla Qodiriy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi jadid adiblarining hayoti va ijodi, ularning asarlaridagi ma’rifiy g‘oyalar haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar jadidlarning millat taraqqiyoti yo‘lida olib borgan faoliyatini alohida e’tirof etdilar.
Mazkur davra suhbati kitobxonlarda jadid adabiyoti va tarixiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.