“Jadidlar merosi – millat ma’rifati poydevori” deb nomlangan kitobiga taqdimot tashkil etildi.
Joriy yilning 27-mart kuni tumanimizdagi Yoshlar kutubxonasida “Jadidlar merosi – millat ma’rifati poydevori” deb nomlangan kitobiga taqdimot tashkil etildi.
Taqdimotda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadid ma’rifatparvarlarining asarlari o‘rin oldi.Taqdimotda yosh kitobxonlarga jadidlarning millat ravnaqi, ilm-ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari haqida ma’lumot berildi. Taqdimot o‘quvchilarda tarixiy merosimizga hurmat va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.