“Jadidlar merosi – millat ma’rifati poydevori” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 16-fevral kuni tumanimizdagi Yoshlar kutubxonasida,Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona xodimlari, “Jadidlar merosi – millat ma’rifati poydevori” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadid ma’rifatparvarlarining asarlari o‘rin oldi.Ko‘rgazmada yosh kitobxonlarga jadidlarning millat ravnaqi, ilm-ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari haqida ma’lumot berildi. Ko‘rgazma o‘quvchilarda tarixiy merosimizga hurmat va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.