“Jaholatga - qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📚📚Joriy yilning 6- noyabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazida kutubxona xodimlari va Yoshlar texnologiyalar markazi ishtirokida “Jaholatga - qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida jaholatning salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarni bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar etib tarbiyalash masalalari haqida fikr almashildi.
Suhbat yakunida ma’rifat insonni yuksaltirishi, ilm va kitob esa jaholatga qarshi eng kuchli qurol ekanligi ta’kidlandi. 