📚✨ Jahon adibi Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” romani yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
📚✨ Jahon adibi Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” romani yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
26-oktabr kuni Yoshlar kutubxonasida jahon adabiyotining mashhur namoyandasi Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” romani yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar, dunyoqarashlar xilma-xilligi hamda ota-onaga hurmat, o‘zaro tushunish va hayotiy qadriyatlar haqida ma’lumot berildi.
Suhbat jarayonida kitobxonlar asar qahramonlarining qarashlarini muhokama qilib, avlodlar o‘rtasidagi muloqot va o‘zaro hurmatning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. 📖
🌿 Kitob — avlodlarni bog‘lovchi, tafakkurni boyituvchi ma’naviyat ko‘prigidir!