✍ Jek London. 📕 "Bir kunlik qo‘nalg‘a" kitobini #Õqishni_tavsiya_qilamiz
Bir parcha go‘shtga zor Tom-King ringga ko‘tarilarkan, g‘alaba haqida emas, yutuqqa va’da qilingan pul haqida o‘ylaydi va allaqachon qo‘lga tegishi dargumon bo‘lgan bu pulga oilaning necha oylardan buyon to‘lanmay kelayotgan ijara qarzi, do‘konlardan qorin g‘ami uchun olingan pullarni egalariga qaytarish va to‘yib bir parcha go‘sht yeyishni orzu qiladi.
Uzoq yillar qavmidan olisga ketib o‘z dunyosi odamlarining turmush tarzidan mutlaqo boshqa turmush tarziga tushib qolgan, qavmining yoniga qaytib ko‘rgan-kechirganlarini aytib berganida kulgiga qolgan va ayni paytda qabiladoshlari tomonidan quvg‘inga mahkum qilingan Nam-Bok odamlar baxtga emas, baxtsizlikka ko‘nikib qolganlaridan hayratga tushadi.
Jek London asarlari qahramonlarining taqdiri hamisha baxtsiz yakun topadi. Nega? Chunki odamlar bunday taqdirga o‘zlarini o‘zlari hukm qilganlar.
Siz-chi ? Aziz kitobxon do’stim, siz kelajakdan nimani kutyapsiz ? Sizning maqsadingiz qanday ? Yaxshisi , bu haqda kitob mutolaasidan so’ng gaplashamiz.
📗 Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'otdimi, Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazidan mutolaa qiling.