Jizzax viloyatida axborot-kutubxona markazida viloyat tuman kutubxona mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi
Jizzax viloyatida axborot-kutubxona markazida viloyat tuman kutubxona mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi
Seminar axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish, fondlarni saqlash, bibliografiya xizmatlarini rivojlantirish va o‘quv zallari faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbir doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan sohaga oid dolzarb maruzalar va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
Seminar davomida axborot-kutubxona xizmatlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, kitob fondlarini saqlash va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
