📗"Kecha va kunduz" ✍️Cho‘lpon #Õqishni_tavsiya_qilamiz
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga qariyb 90 yil toʻlgan boʻlsa-da, u hamon qoʻldan-qoʻlga oʻtib kelmoqda. Mazkur asar ikki qismdan iborat boʻlib, dastlabkisi – “Kecha” deb nomlangani qoʻlingizdagi kitobda aks etadi. “Kunduz" deb atalgan ikkinchi qismi haqida esa ma'lumotlar yoʻq. Kitobda oʻzbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga xotinbozlik, xudbinlik va mol-mulk orttirish yoʻlidagi illatlar ham oʻz in'ikosini topgan. Bu kabi sifatlar va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi.
📖 Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'tgan bo'lsa Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazidan mutolaa qiling