📚✨ “Kichkina shahzoda” asari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
📚✨ “Kichkina shahzoda” asari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar kutubxonasida mashhur fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari yuzasidan o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, bosh qahramonning sayohatlari, do‘stlik, mehr-oqibat, sadoqat va insoniy qadriyatlar haqida suhbat olib borildi. O‘quvchilar asarda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
📖 Suhbat orqali yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish, hayotga teran nazar bilan qarash va insoniy fazilatlarni qadrlashga undash maqsad qilindi.
🌹 “Eng muhim narsani ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, uni qalb bilan his qilish kerak!