"Kitob bilim bulog‘i" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
📚📚📚 Joriy yilning 16-iyun kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Qatortol MFY Lolazor ko'chasidagi faol kitobxon oilalar bilan birgalikda "Kitob bilim bulog‘i" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Oilalar o‘rasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, oila a’zolari o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni haqida ma'lumotlar berildi. Kitoblar yuzasidan savol javoblar oʻtqazildi.
