“Kitob-bilim manbai" mavzusida tadbir tashkil etildi.
📚📚 Joriy yilning 22-iyun kuni Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufidagi “Sharof Rashidov nomidagi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolalarning kitobxonlikka bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida
“Kitob-bilim manbai" mavzusida tadbir tashkil etildi.
📌Bugungi tadbirimiz kitob va mutolaaning insonning hayotidagi o'rniga bagishlanadi. Kitob-insonning eng yaqin do'sti, bilim va ma'naviyat manbaidir. Kiton orqali biz tarixni o'rganamiz yangi g'oyalar bilan tanishamiz va o'z oldimizdagi maqsadlarimizga erishamiz.
Tadbir davomida kitobxonlar o'qigan kitoblari haqida fikr almashishdi qiziqarli savol-javoblarda ishtirok etishib, sevimli asarlari haqida gapirib berishdi.
