#Kitob_ma'rifat_koʻzgusi. #Davra_suhbati
Joriy yilning 26-iyun kuni Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufidagi “Sharof Rashidov nomidagi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Kitob ma'rifat koʻzgusi” nomli ochiq osmon ostidagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatining maqsadi-oromgohda dam olayotgan bolajonlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni kitobga mehr qoʻyishga undash va boʻsh vaqtlarini samaraliva mazmunli oʻztqazishdan iboratdir. Bolalar davra suhbatida faol ishtirok etishdi oʻzlari sevgan kitoblar haqida soʻzlab berishdi, hamda mutoala boʻyicha oʻz fikrlarini baham koʻrdilar.