💭 Kitob nomi: Hurkitilgan tush ✍️ Muallif: Oʻtkir Hoshimov
💭 Kitob nomi: Hurkitilgan tush
✍️ Muallif: Oʻtkir Hoshimov
📄 Sahifasi: 157 bet
✨ Kitob nima haqida?
Ushbu kitob hayot, insoniylik va tarbiya haqida fikr yuritishga undaydigan bir nechta hikoyalardan iborat. Hikoyalar yillar avval yozilgan boʻlsa-da, ularda ko'tarilgan mavzular bugungi kunda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan.
📌 Kitobdan nimalarni oʻrganamiz?
Hayotga shukr va minnatdorlik bilan qarashni.
Har bir kun va har bir lahzaning qadriga yetishni.
Insoniylik, mehr-oqibat va odobning ahamiyatini.
Hayotdagi kichik voqealardan ham katta xulosa chiqarishni.
📍 Xulosa
Hurkitilgan tush — oʻqishni tugatgach ham uzoq vaqt xayoldan chiqmaydigan, insonni oʻz hayotiga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydigan hikoyalar toʻplamidir.
