"Kitob-ona va bolaning eng yaxshi hamrohi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
📚📚 Joriy yilning 18- sentabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Sharof Rashidov tumani Istiqlol MFYdagi oilalarda "Kitob-ona va bolaning eng yaxshi hamrohi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Suhbatda davomida kitob — inson qalbiga nur, tafakkuriga qanot beradigan bebaho xazina. Ayniqsa, oilada onaning kitobga bo‘lgan mehri farzand tarbiyasida katta ahamiyatga egali haqida aytib o'tildi.
Ona kitob o‘qisa, bola ham unga havas qiladi. Birgalikda kitob mutolaa qilish ona va bola o‘rtasidagi mehrni mustahkamlaydi, bolaning dunyoqarashi va bilimini boyitadi.
Bugungi davra suhbatimizdan asosiy maqsad — onalarni farzandlari bilan birgalikda kitob o‘qishga, mutolaani oilaviy an’anaga aylantirishga chorlashdir.