"Kitobga mehr — ma’naviyatga e’tibor" mavzusida davra suxbati tashkil qilindi
📚 Joriy yilning 13-iyul kuni Mo‘lkanlik mahallasidagi nafaqadagi ayollar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, oilada ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda boy hayotiy tajribani yosh avlodga yetkazishning ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni xususida samimiy muloqot qildilar.
Suhbat iliq va samimiy muhitda o‘tib, barchada yaxshi taassurot qoldirdi.
