#Kitobsevar_yoshlar. #Davra_suhbat
Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufidagi “Sharof Rashidov nomidagi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Kitobsevar yoshlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatning maqsadi-oromgohda dam olayotgan bolajonlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni kitobga mehr qoʻyishga undash va boʻsh vaqtlarini samaraliva mazmunli oʻztqazishdan iboratdir. Oʻquvchi yoshlar davra suhbatida faol ishtirok etishdi oʻzlari sevgan kitoblar haqida soʻzlab berishdi, hamda mutoala boʻyicha oʻz fikrlarini baham koʻrdilar