"Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan kitob taqdimoti tashkil etildi.
2026-yil 10-fevral kuni Sharof Rashidov tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan "Kitobxon onalar-ma'rifat chirog'i" nomli Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari, iste’dodli ijodkor Iqboloy Umarovaning “O‘gay taqdir” nomli kitob taqdimoti tashkil etildi. Onalarning kitobga bo‘lgan muhabbati, mutolaaning oila va farzand tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Kitobxon onalar — kelajak avlodga eng katta ibratdir. 📚💐
Onalar – hayotimizning eng buyuk ne’mati, mehr va tarbiyaning bitmas-tuganmas manbaidir. Ayniqsa, kitobxon ona – bu kelajakni tarbiyalayotgan, farzand qalbiga ilm va ma’rifat urug‘ini sochayotgan fidoyi insondir.