📚✨ KITOBXONLIK FESTIVALI – MA'RIFAT VA ZAKOVAT BAYRAMI ✨📚
Joriy yilning 9-iyun kuni Sharof Rashidov tuman "KELAJAK" markazi hamda Viloyat va Tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari hamkorligida kitob mutolaasi madaniyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Kitobxonlik festivali" tashkil etildi. 📖🌟
Festival davomida kitobga mehr qo‘ygan, bilim va tafakkuri bilan ajralib turgan eng munosib ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:
🏆 "Eng kitobxon maktab"
📚 "Eng kitobxon o‘quvchi"
📖 "Eng faol kutubxonachi"
✍️ "Eng ijodkor o‘quvchi"
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaaning yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati alohida ta'kidlandi. 🌍📘
