“Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 13-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Kitobxonlik haftaligi doirasida Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazida keng qamrovli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar va kitobxonlar o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish adabiyotining nodir asarlarini targ‘ib qilishdan iboratdir.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bolalar adabiyoti ilmiy-ommabop kitoblar hamda yangi nashrlar o‘rin oldi. Tadbirga tashrif buyuruvchilar uchun kitoblar haqida ma’lumotlar berilib ular bilan tanishtirildi.
Ayniqsa, yosh kitobxonlar uchun tashkil etilgan burchaklar, rang-barang kitoblar va qiziqarli adabiyotlar katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazma kitobsevarlar uchun nafaqat bilim manbai, balki ma’naviy hordiq maskaniga aylandi
