"Kitobxonlik haftaligi" munosabati bilan “Elparvar shoir” mavzusida viktorina tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazida VI Respublika Kitobxonlik haftaligi munosabati bilan kutubxonamizda “Elparvar shoir” mavzusida viktorina tashkil etildi. Tadbirda “Tafakkur kitobxon” klubi a’zolari faol ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Viktorina davomida ishtirokchilar elparvar shoir ijodi, ularning Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni targ‘ib etuvchi asarlari yuzasidan savollarga javob berdilar. Viktorina qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Mazkur Viktorina yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularning badiiy tafakkurini kengaytirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
📖 Kitobxonlik haftaligi davom etmoqda – siz ham faol ishtirok eting.