“Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📚📚📚Joriy yilning13-17-aprel kunlari "Kitobxonlik haftaligi" bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur haftalik doirasida aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyani yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
Ochilish marosimida kutubxona mutaxassislari haftalik davomida o‘tkaziladigan turli tanlovlar, ko‘rgazmalar va ma’naviy tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
📖 Kitobxonlik haftaligi davom etadi — barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!