Ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
📚📚 Joriy yilning 18-avgust kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan gaz bo‘limida xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
Ko‘chma kutubxona orqali xodimlarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar yetkazib berilib, mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi.
📖 Kitob — bilim va ma’naviyat manbai!