Ko‘chma kutubxona tashkil etilib, markazga turli yo‘nalishdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar yetkazib berildi.
📚 Joriy yilning 23-iyul kuni Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Davlat xizmatlari markazida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkil etilib, markazga turli yo‘nalishdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar yetkazib berildi.
Tashrif davomida markaz xodimlari va fuqarolar kutubxona fondidagi yangi kitoblar bilan tanishtirildi, mutolaaning ma’naviy va intellektual rivojlanishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Ko‘chma kutubxona kitobxonlarga o‘zlari uchun qiziqarli adabiyotlarni tanlash imkoniyatini yaratadi va
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
📖 Kitob bor joyda — ma’rifat va taraqqiyot bo‘ladi! 