Koʻrgazma. Atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi.
Joriy yilning 20-mart kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazida Abdulla Oripov tavvaludiga bagʻishlab "Atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi"mavzusida koʻrgazma tashkil qilindi.Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, ya’ni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko’z qishlog’ida tug’ildi. Qishloq Qo’ng’irtov etagiga o’rnashgan bo’lib, oqar suv taqchil bo’lsa-da, seryomg’ir kelgan yillarda ko’kat-u maysalarga ko’milib qoladigan kengish joy edi.