“Kuntug‘mish” dostoni taqdimoti o‘tkazildi.
Joriy yilning 27-fevral kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Yoshlar kutubxonasida faol kitobxon o‘quvchilar ishtirokida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining nodir namunalaridan biri — “Kuntug‘mish” dostoni taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, undagi vatanparvarlik, sadoqat, mardlik va insoniy fazilatlar keng yoritildi.
O‘quvchilar doston qahramonlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savol-javoblarda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, asardan parchalar o‘qilib, milliy og‘zaki ijodimizning tarbiyaviy ahamiyati haqida suhbat tashkil etildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Kitob — ma’naviyat manbai!