“Kutubxona bo‘ylab sayohat” tashkil etildi.
📚📚 12-avgust kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Yoshlar kutubxonasida “Kutubxona bo‘ylab sayohat” tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga kutubxonadan foydalanish tartibi va kitob mutolaasining ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Sayohat qiziqarli va samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilarda kitob va mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.