"Kutubxona bo‘ylab sayohat" tashkil etildi.
📚📚📚 Joriy yilning 20 oktabr kuni yosh kitobxonlar ishtirokida "Kutubxona bo‘ylab sayohat" tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga kitob mutolaasining ahamiyati haqida ma’lumot berilib, yoshlikda bilim olish muhim va dolzarbligi ta’kidlandi.
Sayohat qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tib, yosh kitobxonlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
📖 📚 “Har bir o‘qilgan sahifa — kelajakdagi buyuk orzularingizga qo‘yilgan bir qadamdir.”
“Kitob — qalbga nur, tafakkurga qanot, inson hayotiga ma’no baxsh etuvchi bebaho xazinadir. Kitob o‘qigan insonning dunyosi keng, qalbi boy, kelajagi porloq bo‘ladi.” 🌿