Kutubxona mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi.
Kutubxona mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi.
Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazida kutubxona mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 552-sonli qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, kutubxona fondlarini saqlash, adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda foydalanishga yaroqsiz kitoblarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 