Kutubxonada sayohat tashkil etildi.
📚📚📚Joriy yilning 14-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazida VI Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida kutubxonamizga o‘quvchilar uchun qiziqarli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda zamonaviy xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bolajonlarga kitoblarning joylashuvi, ulardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari hamda mutolaa madaniyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ular o‘zlariga yoqqan kitoblarni tomosha qilib, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
✨ Kutubxonaga uyushtirilgan bunday sayohatlar yosh avlodni kitobxonlikka jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.