#Kutubxonaga_sayohat
Joriy yilning 22-may kuni Sharof Rashidov tuman axborot- kutubxona markazida 5-30 may kunlari "Mahorat oyi-25" loyihasi doirasida "Kutubxonada 1 kun” shiori ostida 13-maktabning 10-sinf o’quvchilariga kutubxonaga sayohat tashkil qilindi. Kutubxonamiz haqida ma’lumotlar,kitoblardan foydalanish haqida hamda yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtirilib oʻqish uchun tafsiya qilindi va kutubxonaga a'zo qilindi.