Kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
📚 Joriy yilning 16-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazida Kitobxonlik haftaligi doirasida o‘quvchilar uchun kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Ushbu sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi va undan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ularga turli janrdagi kitoblar, yangi adabiyotlar hamda bolalar uchun mo‘ljallangan asarlar tanishtirildi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kitob tanlash va undan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Sayohat yakunida ishtirokchilar kutubxona bilan yaqindan tanishib, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.