Kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
#Kitobxonli_haftaligi_VI_2026
Kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
📚📚📚Joriy yilning 17-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazida Bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohatdan asosiy maqsad — bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni o‘qishga rag‘batlantirish va kutubxona bilan tanishtirishdan iborat.
Sayohat davomida bolalar kutubxona ichki
tartib-qoidalari bilan tanishtirildi. Kutubxonachi opa bolalarga kitoblarning qanday saqlanishi, ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida sodda va tushunarli tarzda ma’lumot berdi.Bolalar uchun turli xil rang-barang ertak kitoblari namoyish etildi. Ayniqsa, ertaklar bo‘limi bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ba’zi bolalar o‘zlariga yoqqan kitoblarni varaqlab ko‘rishdi va qahramonlar haqida fikr bildirishdi.Shuningdek, bolalar bilan kichik savol-javoblar o‘tkazildi va qiziqarli ertak o‘qib berildi.