Mahorat darsi
Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar malakasini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida bibliografiya xizmati tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida kitobxonlar bilan individual va jamoaviy ishlash usullari, tashkil etilayotgan ko‘rgazma hamda tadbirlar sifatini yanada oshirish, shuningdek, sohaga yangi innovatsion yondashuvlarni jalb qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.