"Mahmudxo'ja Behbudiy-o'zbek ma'rifatparvari va jadidchilik harakatining yetakchisi". mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 15-iyun kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov 13- maktabida "Mahmudxo'ja Behbudiy-o'zbek ma'rifatparvari va jadidchilik harakatining yetakchisi". mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Suhbatda
M. Behbudiy buyuk ma'rifatparvar, yozuvchi, puplitsist dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri hisoblanishi va xalqni jaholatdan qutqarishi va zamonaviy bilimlarni egallashga undash yo'lida fidokorona faoliyat olib borganligi hamda Behbudiy gazeta va jurnallar orqali xalqni ma'rifatga da'vat qilganliklarini aytib o'tishdi. O'quvchilar ham Behbudiy o'zbek xalqining buyuk ma'rifatparvari va milliy uyg'onish davrining yorqin vakili hisoblanishi va ta'lim adabiyot va matbuot sohalaridagi faoliyat orqali xalq taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shganliklarni aytib o'tishdi.
