Marsel Brionning “Menkim Sohibqiron – Jahongir” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📚 Joriy yilning 17-iyun kuni 31-umumtalim maktabi o‘quvchilari bilan Marsel Brionning “Menkim Sohibqiron – Jahongir” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, faoliyati, harbiy yurishlari hamda bunyodkorlik ishlari haqida berilgan ma’lumotlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar Sohibqironning yuksak davlat boshqaruvi, adolatparvarligi va strategik tafakkuri xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbatida asarning tarixiy ahamiyati,yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni hamda Amir Temur merosini o‘rganish zarurati alohida ta’kidlandi. Kitobxonlar tomonidan asar yuzasidan qiziqarli savollar fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi
Suhbat samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda tarixiy asarlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi
📖 Tarixni bilgan xalqning kelajagi porloq bo‘ladi.
