#Memorandum
🏛Joriy yilning 10-sentyabr kuni "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida Sharof Rashidov tumani aholisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan foydalanishga topshirilgan Yoshlar kutubxonasida "Yoshlar mutolaa zali" o‘z faoliyatini boshladi.
⏳Mazkur tadbirda hududiy hokimlik vakillari, viloyat va tuman axborot-kutubxona markazi, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi va boshqa tashkilotlar ishtirok etishdi.Tadbir jarayonida Sharof Rashidov tumani Yoshlar ishlari bo’limi boshlig’i N.Mavdurov hamda Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markaz direktori R.Adilovalar memorandum imzoladi.
Endilikda Yoshlar kutubxoasining "Yoshlar mutolaa zali”da Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi xodimlarni kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.