“Men kim — Fotih Temur” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📚✨Joriy yilning 8-sentabr kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Tuman Yoshlar kutubxonasida Marsel Brionning “Men kim — Fotih Temur” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvi, harbiy mahorati va bunyodkorlik faoliyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar asarda yoritilgan tarixiy voqealar hamda Sohibqironning boy merosi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.