#Mening_konsitutsiyam #KONSTITUTSIYA_33_YIL
📚📚📚 Joriy yilning 7-dekabr kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Tuyoqli MFY da yashovchi kitobxon oila bilan birgalikda 8-dekabr Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlab "Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tinchlik va adolat garovi" deb nomlangan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatimizning asosiy maqsadi — Konstitutsiyamizda belgilangan inson huquqlari, erkinliklari va qadriyatlarining hayotimizdagi o‘rni haqida fikr almashishdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson sha’ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi. Unda har bir fuqaroning erkin yashashi, o‘z fikrini bemalol bildirishi, ta’lim olishi, mehnat qilishi va tinchlikda hayot kechirish huquqlari kafolatlanganligi aytib o‘tildi