#Mening_konsitutsiyam #KONSTITUTSIYA_33_YIL
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mamlakatimizning siyosiy-huquqiy taraqqiyoti, davlat suvereniteti va jamiyat hayotida inson qadri ustuvorligini ta’minlovchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Konstitutsiya kuni munosabati bilan Sharof Rashidov tumanida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman tashkilotlari va muassasalari rahbarlari, mahalla faollari, nuroniylar, Axborot-kutubxona markazi hamda yoshlar keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.Tadbir jarayonida Sharof Rashidov tuman hokimi Asilbek Ashurov hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Rashid Abdug‘aniyev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladilar.
Bayram dasturi Sharof Rashidov tuman madaniyat bo‘limi badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tashkil etildi